Toshkent Fotosuratlar uyida “XIX asrda O‘zbekiston” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Unda sirli fotograf tomonidan XIX asrda olingan va hozirda Rossiyaning Kunstkamera muzeyida saqlanayotgan fotosuratlar ko‘rsatildi. “Gazeta.uz” turkiyalik tadqiqotchilar tashabbusi bilan o‘tkazilgan ko‘rgazmadan reportaj tayyorladi.
Navbat — o‘zbekistonliklar uchun og‘riqli mavzulardan. X (sobiq Twitter) tarmog‘ida boshlangan shu mavzudagi bir muhokama sabab, qaysidir ma’noda, O‘zbekistonning yaqin o‘tmishiga bir nazar tashlandi. Foydalanuvchilar non, un, yog‘ uchun navbatga turganini esladi. Biz ularning javoblarini bir sahifaga to‘pladik.
O‘zbekistonning mustamlaka tarixi turli qatag‘onlarga to‘la: 1920-yillarda ocharchilik, keyin “Katta qirg‘in”, Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng ziyolilarga, 1980-yillarda esa butun o‘zbek xalqiga hujum. So‘nggi yillarda bu jarayonlar haqida ko‘plab kitoblar chiqdi. “Gazeta.uz” ularning ayrimlaridan parchalar ulashadi.
2024-yilda Abdulla Qodiriy tavalludiga 130 yil to‘ldi. So‘nggi bir yilda Qodiriy nomi bilan bog‘liq eng muhim voqea — uning 1926-yilgi jinoyat ishi bo‘yicha oqlanishidir. “Gazeta.uz” Qodiriyning o‘sha ish bo‘yicha salkam 100 yil avval Samarqandda bo‘lgan sudda o‘qigan nutqi matnini qayta e’lon qiladi.
Bundan 106 yil muqaddam — 1917-yilning 27-noyabr oqshomida O‘rta Osiyo mintaqasidagi ilk demokratik, ham dunyoviy davlat — Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan O‘zbekiston tarixining ushbu muhim bosqichi haqida test tayyorladi.
Bundan 105 yil avval Qo‘qonda Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. Ammo oradan hech qancha o‘tmay hammasi tugatiladi — harakat qonga botiriladi. «Gazeta.uz» sana munosabati bilan amerikalik tarixchi olim Adib Xolidga yuborgan savollariga qisqa, lo‘nda javoblar oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting